Andijon viloyati Paxtaobod tumanida erkak qaynonasi va xotinini öldirib qöydi. Boş prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, 1 avgust kuni soat 08:30 larda Paxtaobod tumanida yaşovçi 1983 yilda tuğilgan A.N. turmuş örtoği va qaynonasi bilan özaro janjallaşib, ikkisiga ham temir jism bilan tan jarohati yetkazgan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida qaynona voqea joyida, turmuş örtoği esa şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Gumon qilinuvçi şaxs protsessual tartibda uşlandi.









