Istanbulda özbekistonlik ayol turk erini piçoqlab öldirdi

Istanbulda özbekistonlik ayol turk erini piçoqlab öldirdi

Turkiyaning Istanbul şahri Kartal tumanida 28 yoşli özbekistonlik ayol moliyaviy qiyinçiliklar tufayli yuzaga kelgan janjal çoğida erini piçoq bilan yaralab, öldirdi. Bu haqda “Nefes Gazetesi” xabar berdi.

Voqea joriy yilning 6 aprel kuni soat 21:30 atrofida Karliktepa mahallasidagi binoning uçinçi qavatidagi kvartirada yuz bergan. Aytilişiça, Özbekiston fuqarosi S.T. va turmuş qurganiga 4 yil bölgan Emre Erim örtasida moliyaviy sabablarga köra janjal kelib çiqqan. Janjal tezda muştlaşuvga aylanib ketgan. Bundan ğazablangan ayol oşxonadagi piçoq bilan turmuş örtoği Emre Erimga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda oğir tan jarohati olgan erkak vafot etgan.

Marhumning jasadi ekspertiza uçun Sud tibbiyot institutiga yuborilgan. Kartal tumani IIBga qaraşli militsiya guruhlari tomonidan olib borilgan işlar çoğida qoçişga uringan S.T. qölga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×