Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumani «Örtadara» mahallasida yaşovçi Zohid ismli 33 yoşli fuqaro xotinini bolta bilan urib öldirib qöydi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga maʼlum qildi.
29 oktyabr soat taxminan 00:30 da Zohid va uning turmuş örtoği Dilorom (1991 yilda tuğilgan) örtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal oqibatida Zohid bolta bilan xotining boş miya va kökrak qafasiga bir neça marotaba urib, qasddan öldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda («Qasddan odam öldiriş») 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









