Özbekiston dunyoga 3 million mardikor yetiştirib berdi – Jamoatçilik

Özbekiston dunyoga 3 million mardikor yetiştirib berdi – Jamoatçilik

Ayni vaqtda 3 million özbekistonlik dunyoning turli mamlakatlarida mardikorlikka yonlangan. Bu haqda 9 oktyabr kuni “Özbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-şousida söz bordi. 

Dasturda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşi va Senat Kengaşi tomonidan joriy yilning 14 sentyabr kuni qabul qilingan “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qaror muhokama qilingan. 

Unda qayd etilişiça, Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi yiğilişida har bir taşkilotga alohida vazifa belgilangan. Jumladan, dabdabali töylar qilib, belgilangan Nizomdan taşqariga çiqqanlar uçun yo maʼmuriy  jinoiy javobgarlik belgilaş böyiça hujjat işlab çiqiş yuzasidan Adliya vazirligiga topşiriq berilgan, dedydi "qalampir.uz".

Jurnalist Quddus Aʼzamning qayd etişiça, bunday töylarni “ministr” qilmasa, uning qöl ostidagilar qilolmaydi. 

Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi raisi örinbosari – senator Maqsuda Vorisovaning qayd etişiça, agar Nizomning biror bandi buzilsa, bu qonun buzilişi sifatida qabul qilinadi. 

Körsatuvda taʼkidlanişiça, Özbekistonda dabdabali, öylab topilgan urf-odatlarga mos töy qiliş ortidan minglab odamlar çet davlatlarga ketyapti. Işlab kelib, yillar davomida topgan pulini bir kunda havoga sovuryapti. Bu ham yetmagandek, qarzga botib, oğir xastaliklarga çalinmoqda. 

Quddus Aʼzamning maʼlum qilişiça, ayni vaqtda Özbekistondan çiqqan mardikorlar soni 2,5 million, hatto, norasmiy maʼlumotlarga köra, 3 milliondan ortgan.  “Ertaga 5 million bölamiz, keyin butun dunyoga şu bilan tanilamiz”, deydi jurnalist. Bunga nisbatan “Faqat mardikor yetiştirib beramiz”, deydi Maqsuda Vorisova. 

Masalaga Xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Mukarram Nurmatova qöşildi: “Töylarda pul soçayotganlarning yarmi ertaga qarz tölagani ketadi”, deydi.

×