Katta siyosiy iroda bilan Özbekiston dunyoga keng oçildi, çegara muammolari hal qilinib, qöşnilar bilan döstlik va hamkorlik mustahkamlandi. Bu haqda bugun, 28 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirda söz oçdi.
Tadbirda qayd etilişiça, Özbekistonda valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub özgarişlar amalga oşirildi. Natijada mamlakatning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi örni 80 poğona yaxşilanib, Özbekiston iqtisodiyoti möʼtadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
Ilgari iqtisodiyotga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bölsa, hozir mazkur körsatkiç 40-50 milliard dollarni taşkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilğor texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.
Uç yil oldin 2030 yilda yalpi içki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkaziş reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilişlar va dunyodagi notinç vaziyatga qaramasdan, uşbu marra joriy yilning özida ortiği bilan bajarilib, Özbekiston daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.
“Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erişyapmiz. Ijobiy özgarişlarni har bir inson, har bir oila öz hayotida çuqur his etyapti”, deydi Prezident.









