Britaniyalik erkak 1,3 tonnalik qovoq yetiştirib, rekord örnatdi

Britaniyalik erkak 1,3 tonnalik qovoq yetiştirib, rekord örnatdi

Buyuk Britaniyalik 65 yoşli Ien Peyton salkam 1,3 tonna oğirlikdagi ulkan qovoq yetiştirib, yangi Ginness rekordini örnatdi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Qayd etilişiça, erkak Berkşirdagi gigant sabzavotlarni tortib köriş marosimida yangi jahon rekordini qayd etgan. Sabzavot Peyton ötgan yili egizak akasi Styuart bilan birgalikda yetiştirgan avvalgi rekordçidan deyarli 17 kg oğirroq çiqqan. Ulkan qovoqning vazni begemot oğirligiga teng, aylanasi esa 6 metrdan oşgan.

Boğbon ösimlik parvarişi uçun kuniga 6 soatgaça vaqt ajratgan va har kuni 500 litrga yaqin suv sarflagan. Eng faol ösiş davrida qovoq bir sutkada 20 kg gaça vazn töplagan. Bu yil Peyton ilk bor gigant sabzavotni mustaqil ravişda yetiştirgan, çunki uning akasi 50 yillik birgalikdagi sevimli maşğulotdan söng nafaqaga çiqişga qaror qilgan.



Rekordçi sabzavot Xempşir grafligidagi fermaga körgazmaga qöyilgan. Namoyiş yakunlangaç, u çorva mollariga yem sifatida beriladi. Fermerning özi esa allaqaçon 2,6 mingdan ortiq uruğ yiğib olgan va kelgusida oğirligi 1,36 tonnadan oşadigan qovoq yetiştirişni rejalaştirmoqda.


×