Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etişga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etişga ruxsat berdi

Saudiya Arabistoni sönggi 3 yil içida birinçi marta xorijlik ziyoratçilarga Haj ziyoratini bajarişga ruxsat berdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi 1443 (hijriy)/2022 yilgi haj mavsumini amalga oşiruvçilar sonini Podşohlik va xorijiy mamlakatlarga ajratilgan kvotani nazarda tutgan holda bir million ziyoratçi etib belgilaşga qaror qilgan. 

Bunda salomatlikni himoya qilişga qöyilgan talablarga qatʼiy rioya qilinadi.

Joriy yilda koronavirusga qarşi emlangan 65 yoşgaça bölgan kişilarga haj ziyoratiga borişga ruxsat beriladi. Xorijlik ziyoratçilar Podşohlikka kelişdan kamida 72 soat oldin olingan COVID-19 testining manfiy natijasini taqdim etişi kerak.

“Haj va umra vazirligi ziyoratçilarning soğliği va xavfsizligini taʼminlaş maqsadida amallarni bajariş jarayonida ehtiyot çoralarini köriş va profilaktika körsatmalarini qatʼiy bajariş zarurligini taʼkidlagan”, deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib ötamiz, Podşohlik ötgan yil Haj ziyoratida qatnaşuvçilar sonini 60 ming, 2020 yilda esa 1 ming nafarga çeklagandi.

×