26 yoşli Umidjon ayollar mardikor bozorini yöq qilmoqçi

26 yoşli Umidjon ayollar mardikor bozorini yöq qilmoqçi

Biz deyarli har kuni kelajagimiz «AyTi» bilan boğliqligi haqida eşitamiz. Den Braunning «Ibtido» asari ham aynan mana şu sohaga yaqin bölganligi tufayli maşhur bölib ketdi.

Bu asarda kelajagimiz «AyTi»ga qay darajada boğliqligi körsatilgan. Bir haqiqatni tan olaylik, Siz istaysizmi-yöqmi, hayotimiz texnalogiyalar bilan jipslaşib ketsa, ketadiki, aslo uzilib ketmaydi. Şuning uçun ham uni örganişimiz, ijtimoiy tarmoqdan foydali maqsadlarda foydalanişimiz kerak.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Yoşlar markazi binosidagi xonalardan bir neçtasi aynan «AyTi» bilan şuğullanuvçi, yoş yigitlardan taşkil topgan jamoaga berilgan.

Umidjon Ortiqov boşçiligidagi jamoa ikki yönalişda faoliyat olib boradi. Birinçi yönaliş aynan «AyTi»ning sir-asrorlarini örgatiş bölsa, ikkinçisi jamoaviy tarzda xizmat körsatiş.

Şu örinda savol tuğilişi mumkin: nima uçun yoşlar markazi öz binosidan ularga joy berdi. Ustiga-ustak, heç qanday ijara haqi ham olmaydi. Gap şundaki, Umidjon Ortiqov imkoniyati çeklangan bolalarni bepul öqitadi. Axborot texnologiyalari imkoniyati çeklangan bolalar uçun ayni muddaodir, deydi biz bilan suhbatda Umidjon.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida taʼlim olib, aynan mana şu yönalişda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan qahramonimiz 26 yoşda.

Bu yerda dars berayotgan boşqa yigitlar ham hali 30 yoşga ham tölmagan. Ularga qarab havasingiz keladi. Öqişdan söng bekor yurmasdan işlagan yoşlar ham moddiy daromad topişadi, ham IT böyiça olgan bilimlarini mustahkamlaşadi.

Şunda savol tuğiladi: mana şu yönalişda qanday qilib daromad topsa böladi? Çunki orangizdagi köpçilik bu yönalişda öqib çiqişga ham ulgurgan bölsangiz, ajabmas. Bilim oliş boşqa-yu, mana şu bilimlarni amalda töğri qöllay olib, uni moddiy mablağga aylantiriş umuman boşqa holat.

Umidjon biz bilan suhbatda «AyTi» yönalişida yaxşi daromadga ega böliş uçun inson, birinçi navbatda, tartibga rioya qilişi kerakligi haqida gapirib ötdi.

Yigitça bilan suhbatlaşarkanman, men ham şu yönalişda bilimlarimni oşirsammikan, deb öylab qoldim. Maqsadim, jurnalistikani taşlab, puli köpakan, deb özimni «AyTi»ga urib ketiş emas, balki öz faoliyatimni aynan şu sohani örgangan holda rivojlantiriş. Çunki siz IT orqali boşqa soha va yönalişlarning ham ösişiga sababçi bölib qolişingiz mumkin. Umidjonning ham bu boradagi rejalari katta.

U aynan «AyTi»ni ayollar orasida ommalaştirib, ularning uydan çiqmagan holda ham daromad topişlariga kömaklaşiş va şu orqali ayollarning mardikor bozorini yöq qiliş!

Xöş, biz nima uçun bu yigit va uning jamoasini eʼtiboringizga havola etdik, toping-çi?

Maqsadimiz, sizning töğri tanlov qilişingizga kömaklaşiş. Siz «AyTi»ni sanoqli oylarda örganib, masofadan turib ham yaxşigina moddiy daromadga çiqa olişingizni isbotlaş. Agar şu yönalişda öqigan bölsangiz, iş topolmayotgan bölsangiz, marhamat, Umidjonga uçraşing.

×