Mehnat kodeksiga özgartiriş: uç oylik haqsiz amaliyot taklif qilinmoqda

Mehnat kodeksiga özgartiriş: uç oylik haqsiz amaliyot taklif qilinmoqda

Özbekistonda uç oygaça muddatga haq tölanmaydigan kasbiy amaliyot tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi işlab çiqqan Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasida aytilgan. Hujjat 9 dekabrga qadar jamoatçilik muhokamasida turadi.

Nima uçun bu taklif kiritildi

Loyiha mualliflarining fikriça, mehnat bozoriga ilk bor kirayotgan yoşlar işga joylaşişda qiynalmoqda. Faoliyat sohasini özgartirgan odamlar ham şunday holatga tuşyapti. Sabab oddiy: ularda amaliy tajriba va iş staji yöq.

Iş beruvçilar ham tajribasiz nomzodni işga olişga şoşilmaydi. Ularni xavf-xatar va qöşimça xarajatlar taşvişga soladi. Yangi mexanizm şu tösiqni kamaytirişi kutilmoqda.

Amaliyot qanday taşkil etiladi

Buning uçun Mehnat kodeksini 368¹-modda bilan töldiriş rejalaştirilgan. Modda amaliyot davriga haq tölaş yoki tölamaslik masalasini iş beruvçining ixtiyoriga qoldiradi.

Işlab çiqariş taʼlimi şartnomasi asosida kasbiy taʼlim yoki qayta tayyorlaşdan ötgan şaxslarga alohida qoida belgilanadi. Ular keyinçalik öşa iş beruvçiga işga joylaşsa, stajirovka ötaş talab qilinmaydi.

Taklifga köra, iş qidirayotganlar real iş şaroitida tajriba orttiradi va bilim-könikmalarini körsatadi. Iş beruvçi esa nomzodning malakasi taşkilot talablariga mos kelişini baholaydi.

Şartnomada nimalar bölişi kerak

Qonunçilikka 368-2-modda ham kiritiladi. U kasbiy amaliyot şartnomasining mazmunini belgilaydi. Şartnomada quyidagilar körsatilişi kerak:

- amaliyotçiga biriktirilgan ustoz haqidagi maʼlumotlar; - agar nazarda tutilgan bölsa, tölanadigan haq miqdori; - iş beruvçining zarur şaroit yaratiş va mehnatni muhofaza qiliş böyiça majburiyatlari; - amaliyot yakunida sertifikat beriş tartibi.

Loyiha işsizlikni kamaytirişga, yoşlar bandligini oşirişga va barqaror mehnat munosabatlarini şakllantirişga xizmat qilişi taʼkidlangan. Taklif qonun sifatida qabul qilinadimi, jamoatçilik muhokamasi yakunlaridan keyin maʼlum böladi.

Teglar:
×