15 kunlik iş uçun 5 000 000 dan 15 000 000 sömgaça maoş taklif qilinmoqda

15 kunlik iş uçun 5 000 000 dan 15 000 000 sömgaça maoş taklif qilinmoqda

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi «Özekspomarkaz»da koronavirus xastaligiga gumon qilinayotgan bemorlarni tekşiruv va tahlildan ötkaziş uçun maxsus 500 örinli Taqsimlaş markazi taşkil etildi.

Toşkent şahar hokimligi tomonidan mazkur yangi quvvatni işga tuşiriş uçun tibbiyot xodimlari işga jalb qilinişi maʼlum qilindi.

Iş 15 kunlik navbatçilik tartibida taşkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi umumiy hisobdan:

  • vraçlarga 15 000 000 söm;
  • hamşiralarga 10 000 000 söm;
  • kiçik tibbiyot xodimlariga 5 000 000 söm;
  • köngillilarga 5 000 000 söm
  • kunlik tartibda iş haqi tölanadi.

Iş vaqti 12 soatdan iborat bulib, 8 soat iş, 4 soat dam oliş vaqti közda tutilgan.

Tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan taʼminlanadi. Xodimlarga yotoqxona va ovqatlaniş töliq taşkil qilingani holda, maoşlari har kuni tölab boriladi.

Murojaat uçun: 71 210 02 02, 71 210 02 31

×