Rossiyaliklarga bank kartalari uçun Özbekistonga boriş taklif qilinmoqda

Rossiyaliklarga bank kartalari uçun Özbekistonga boriş taklif qilinmoqda

Rossiya turoperatorlari fuqarolarga VISA va Mastercard kartalarini çiqariş uçun Özbekistonga turlar taklif qila boşladi. Ruslarga Özbekistonda çiqarilgan bank kartalari bilan butun dunyo böylab çeklovlarsiz tölov qiliş mumkinligi aytilmoqda.

“Vedi Grupp” turoperatori katalogida “Özbekistonga Visa uçun” deb nomlangan tur paydo bölgan, narxi 23 ming rubl (215 dollar).

Bu mablağ uçun turoperator pul ötkazmasini, mehmonxonada joylaştirişni, bankka taşrif buyurişda kompaniya vakilini, bankka hujjatlarni oldindan tayyorlaşni, kurerlik xizmatlarini, tibbiy suğurtalaşni taʼminlaydi. Visa uçun sayohatga Moskva, Yekaterinburg, Qozon va Ufadan boriş mumkin.

Bu mablağ parvozlar narxini öz içiga olmaydi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 martidan boşlab sanktsiyalar tufayli xorijda Rossiya banklari tomonidan çiqarilgan VISA va Mastercard kartalari bilan tölovlarni qabul qiliş töxtatildi.

×