Qirğizistonda din işlari böyiça davlat komissiyasi bir qator qonun hujjatlariga deputatlar va siyosiy partiyalarga oid özgartişlar kiritişni taklif qildi. Tegişli qaror loyihasi “Koomtalkuu.kg” portalida jamoatçilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qayd etilişiça, “Siyosiy partiyalar töğrisida”gi qonunga özgartişlar kiritiş va respublika hududida quyidagi taqiqlarni kiritiş taklif etilmoqda:
- xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini, şuningdek ularning bölinmalarini tuziş va ularning faoliyati töğrisida;
- diniy asosda siyosiy partiyalar taşkil etiş, şuningdek, barça siyosiy partiyalarning diniy faoliyatda iştirok etişi töğrisida.
Şuningdek, saylovoldi taşviqoti vaqtida va partiya nomidan diniy mavzudagi har qanday maʼlumot va tasvirlardan foydalanişni taqiqlaş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, diniy faoliyat subʼektlari tomonidan siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalaştirişni taqiqlaş ilgari surilmoqda.
Din işlari böyiça davlat qömitasi, şuningdek, Joqorği Keneş va mahalliy kengaşlar deputatlariga deputatlik vakolatlarini diniy faoliyat bilan birlaştirişni taqiqlaş taklif etildi. Din arboblarining parlament va mahalliy kengaşlar deputati etib saylanişi ham bekor qilinişi mumkin.
Özgartirişlar şuningdek, quyidagi şaxslar uçun jarima solişga ham tegişli:
- diniy obʼektlarda saylovoldi taşviqoti, yiğilişlar va boşqa siyosiy tadbirlarni ötkaziş uçun jismoniy şaxslar uçun 5500 som (61,5 dollardan sal köproq), yuridik şaxslar uçun 17 ming som (190 dollardan sal köproq) miqdorida;
- diniy taşkilotlar yoki ularning vakillarining davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, mahalliy özini özi boşqariş organlari va ularning mansabdor şaxslari faoliyatiga aralaşuvi jismoniy şaxslar uçun – 5500 som, yuridik şaxslar uçun – 17 ming som;
- siyosiy partiyalar faoliyatini diniy faoliyat subʼektlari tomonidan jismoniy şaxslarga nisbatan moliyalaştiriş – 5500 som, yuridik şaxslar uçun – 17 ming som.
Din işlari böyiça davlat qömitasi öz qarori loyihasining asosli hujjatida mazkur taşabbusning maqsadi “diniy sohadagi davlat siyosatining izçilligini taʼminlaş va qonunçilik bazasini takomillaştiriş” ekanligi qayd etilgan.









