BMT dunyoning 16 mintaqasida oçarçilik xavfidan ogohlantirdi

BMT dunyoning 16 mintaqasida oçarçilik xavfidan ogohlantirdi

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (OQXT) hamda Jahon oziq-ovqat dasturi (JOD) 27 noyabr kuni qöşma maʼruza eʼlon qildi. Unga köra, 2026 yil dekabridan 2027 yil mayigaça dunyoning 16 mintaqasida oziq-ovqat vaziyati keskin yomonlaşişi mumkin.

Mojarolar — asosiy sabab

Aniqlangan 16 inqiroz öçoğining 12 tasida qurolli mojarolar va zöravonlik ötkir tanqislik omili bölib turibdi. Janglar tufayli odamlar uyini tark etmoqda, bozorlar işdan çiqmoqda, qişloq xöjaligi zarar körmoqda. Gumanitar yordam yetkaziş ham qiyinlaşgan. Oziq-ovqat, energiya va öğit narxlarining balandligi ahvolni yanada oğirlaştirmoqda.

Eng oğir vaziyat Sudan va Janubiy Sudanda. Bu mamlakatlarda ommaviy oçarçilik tahdidi saqlanib turibdi. Somali, Nigeriya şimoli va Yamanda ham tanqislik juda ötkir.

Xavfi yuqori mintaqalar qatoriga Afğoniston, Gaiti, Kongo Demokratik Respublikasi va Falastin ham kiritilgan. Ğazo sektorida öt oçiş töxtatilgaç, Falastin uçun xavf darajasi pasaytirildi.

El-Ninoning taʼsiri

Vaziyatni El-Nino iqlim hodisasi ham murakkablaştirmoqda. Bunda Tinç okeani ekvatorial qismida suv yuzasi isiydi. Natijada global harorat vaqtinça kötariladi, ekstremal ob-havo hodisalari, oziq-ovqat va iqtisodiy inqirozlar kuçayadi. Baʼzi baholarga köra, yangi qurolli mojarolar ham kelib çiqişi mumkin.

Maʼruzada Afrikaning janubiy qismi va Markaziy Amerikada qurğoqçilik kutilayotgani aytilgan. Bu hosil kamayişiga olib kelişi mumkin. Şarqiy Afrikada esa uzoq davom etgan yoğingarçilik tanqisligidan keyin vayronkor suv toşqinlari xavfi ortmoqda. Bunday ob-havo qişloq aholisini daromad manbaidan mahrum qilib, narxlarni yana oşiradi.

Yordam hajmi qisqarmoqda

Gumanitar dasturlarni moliyalaştiriş ham kamaymoqda. 2022–2025 yillarda dunyoning eng zaif beşta davlatida oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlaniş sohasidagi yordam taxminan 62 foizga qisqargan. Bu mablağ 5,1 milliard dollardan 2 milliard dollargaça tuşdi.

Maʼlumotlarga köra, mablağning kamayişi faqat yordam hajmiga taʼsir qilmaydi. U oçarçilik kölami haqida maʼlumot yiğiş imkoniyatlarini ham çeklaydi.

Teglar:
×