Boşlanğiç sinf qizlari uçun hijobni taqişni taqiqlaş taklif qilinmoqda

Boşlanğiç sinf qizlari uçun hijobni taqişni taqiqlaş taklif qilinmoqda

Germaniyada boşlanğiç sinf qizlari uçun hijobni taqişni taqiqlaş taklif qilinmoqda.

Germaniyada qöşni Avstriyadan keyin kiçik yoşdagi qizlarga hijob taqişni taqiqlaş masalasi atrofida bahslar avj oldi. Avstriyada sentyabr oyi boşidan 14 yoşga tölmagan öquvçi qizlarga maktabda römol taqiş taqiqlangan, bu talabga rioya qilmagan ota-onalarga esa 800 yevrogaça jarimasolinişi mumkin.

Saksoniya taʼlim vaziri Konrad Klemens bunday qoida Germaniyaning boşlanğiç maktablarida ham joriy qilinişi kerak, deb hisoblaydi.

Klemensning fikriça, hijobni diniy sabablarga köra taqiş haqidagi qarorni ayolning özi mustaqil qabul qilişi kerak. Uning fikriça, kiçik yoşdagi bolalar hali bunday tanlovni mustaqil amalga oşiriş qobiliyatiga ega emas.

Bu ğoya Berlinda ham muhokama qilinmoqda. Adliya masalalari böyiça senator Felor Badenberg maʼlum bir yoşgaça bölgan qizlar uçun hijobga ruxsat beriş mumkinmi-yöqmi, degan masalani aniq belgilaş zarur, deb hisoblaydi.

Uning aytişiça, bolalar yoşligidan muayyan diniy yoki gender roliga boğlab qöyilmagan holda rivojlaniş imkoniyatiga ega bölişi kerak.

Muhokamaga Berlin maktablaridagi niqob bilan boğliq holatlar ham sabab böldi. 8–9-sinflarda bir neçta öquvçi qizlar darslarga yuzini töliq yopgan holda kelgan, faqat közlari uçun kiçik teşik qoldirgan. Maktab rahbariyati ota-onalar bilan suhbatlaşganidan söng, qizlar yuz yopqiçlarini yeçişgan.

Hozirça Germaniya maktablarida oddiy hijob taqişga ruxsat berilgan va u din erkinligi huquqi bilan himoya qilinadi.

Berlin maktab rahbarlari vakilasi Karina Yeniçe esa hijobni 7-sinfgaça taqiqlaş tarafdori.

Uning kuzatuvlariga köra, boşlanğiç maktabda hijob taqişni boşlaydigan qizlar soni ortib bormoqda. Ayrimlari hatto 4-sinfdanoq hijob taqişni boşlamoqda.

Avstriyada esa ayrim öquvçi qizlar yangi taqiqni çetlab ötiş yölini topgan: ular hijob örniga kapyuşon va şapkalar kiyişni boşlagan.


×