iPhone 14 sunʼiy yöldoş bilan ham boğlanadi

iPhone 14 sunʼiy yöldoş bilan ham boğlanadi

Apple kompaniyasining navbatdagi smartfonlari (iPhone 14) yer quyi orbitasidagi yöldoşlar bilan boğlana oladi. Bu qulaylik uyali aloqa signallari yöq joylarda qutqaruv xizmatlariga qönğiroq qiliş yoki matnli xabar yuboriş imkonini beradi.

Bu haqda TMF Associates tahlilçisi Tim Farrarga asoslanib MacRumors yozmoqda. Farrardagi maʼlumotlarga köra, ayfon orqali yöldoşga boğlaniş imkoniyati dunyoning faqat ayrim hududlarida mumkin böladi.

Taxmin qilinişiça, Apple uşbu funktsiyani Globalstar bilan hamkorlikda işga tuşiradi. Foydalanuvçi operator bilan bilan alohida şartnoma tuzişi şart emas — xizmat bepul.

iPhone 14 smartfonlarini Apple 7 sentyabrda taqdim etişi mumkinligi haqida xabar bergandik. Öşa kungi taqdimotda yöldoşli aloqa imkoniyatlari ham borligiga şu munosabat bilan taqdim etilgan tizerda yulduzli osmon tasvirlangani ham işonişga undaydi.

×