Özbekiston 2028 yilgaça özining ilmiy-texnik sunʼiy yöldoşini koinotga çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Özbekkosmos” agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibrohimov “Kazinform” naşriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Ibrohimovning sözlariga köra, mamlakatda tahsil olayotgan 7 talaba Yaponiyaga yuboriladi va ularga sunʼiy yöldoş işlab çiqarişni örganiş vazifasi topşiriladi.
“Joriy yilda mamlakatimizdan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya institutiga magistratura bosqiçiga öqişga yuboriladi. Ularga quyidagilar topşiriladi – öqiş davrida sunʼiy yöldoş loyihasini işlab çiqiş, uni yiğiş va sunʼiy yöldoşni koinotga uçiriş. Talabalarimiz şu yil öqişni boşlasa, 2027 yilgaça bitiradi. Ayni paytda koinotga sunʼiy yöldoşni uçiriş uçun kompaniyalar bilan şartnomalar tuziş kerakligini tuşunişimiz kerak. Bizning rejamizga köra, Özbekiston 2028 yilgaça öz sunʼiy yöldoşini koinotga olib çiqadi”, degan Muhiddin Ibrohimov.
Uning qöşimça qilişiça, hozirda Özbekiston tomoni SpaceX kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Dunyo mamlakatlari öz sunʼiy yöldoşlarini koinotga olib çiqiş vaqtini allaqaçon belgilab, buyurtmalar bergan. Xususan, muddatlar 2-3 yil oldin belgilab qöyilgan. Bundan taşqari, raketalarni uçiriş hajmi çeklangan. Şuning uçun bu masala ham eʼtiborga olinişi kerak”, degan “Özbekkosmos” vakili.









