Namanganda SEOM xodimi 40 million söm pora bilan qölga tuşdi

Namanganda SEOM xodimi 40 million söm pora bilan qölga tuşdi

Namanganda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi iqtisodçisi 40 million söm pora bilan qölga tuşdi. Bu haqda «Daryo»ga Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi maʼlum qildi.

Çortoq tumanida joylaşgan MÇJlardan birining rahbari 2020 yil 18 iyun kuni ariza bilan murojaat qilib, viloyat SEOM xodimi Yu.Ş. ismli şaxs 7000 dona himoya kiyimini sotib oliş uçun tuzilgan şartnoma böyiça 6100 dona kiyimni qabul qilib olib, 175 million sömni MÇJ hisob-raqamiga ötkazib beriş evaziga 15 million söm, şartnoma böyiça kam topşirilgan, omborga kirim qilinmagan 900 dona himoya kiyimi örniga esa 25 million söm, jami 40 million söm pora talab qilayotganligini bildirgan.

MÇJ rahbari arizasida keltirib ötilgan vajlarni tekşiriş maqsadida DXX viloyat boşqarmasi xodimlari departament vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi. Tadbir davomida Çortoq tumani markazida joylaşgan dorixona oldida şu tumanda yaşovçi Yo.A. kimyoviy işlov berilgan 40 million sömni olgan vaqtida uşlandi.

U öz körsatmasida qöşnisi uşbu pullarni olib qöyişni, keyinçalik öziga berişini tayinlaganligini bildirdi. Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan şahridagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali darvozasi oldida viloyat SEOM iqtisodçisi bölib işlovçi Yu.Ş. qöşnisi Yo.A.dan 40 million sömni olayotgan vaqtida uşlanib, uşbu pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirildi.

Hozirda uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×