Namanganda Quriliş inspektsiyasi xodimi pora bilan qölga tuşdi

Namanganda Quriliş inspektsiyasi xodimi pora bilan qölga tuşdi

Namangan viloyatida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi boş mutaxassisi 10 ming dollar, MÇJ rahbari esa 4400 dollar pora bilan uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Namangan viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi boş mutaxassisi sud tizimidagi tanişlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning işini sudda qayta körib çiqiş va ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoni tayinlaş evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qilgan. DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlarini jalb qilgan holda ötkazilgan tezkor tadbirda boş mutaxassis oldindan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan. Maʼlum bölişiça, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun muqaddam bir neça marotaba sudlangan. 

Şuningdek, Namangan viloyatida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda mol-mulklarni baholaş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanişlari orqali tadbirkorga tegişli bölgan MÇJning 783 mln sömlik soliq qarzdorligini 141 mln sömgaça kamaytirib beriş evaziga 4400 AQŞ dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qölga olingan. Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanişi hisoblangan Namangan viloyati soliq boşqarmasi şöʼba boşliği ham 4400 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Bildirişiça, hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×