Namanganda bank boş yuristkonsultiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, boş yuristkonsult Namangan şahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021 yilda olgan 16,2 mlrd söm kredit mablağlarini öz vaqtida tölay olmagani sababli garov taʼminoti sifatida qöyilgan mulklarning auktsion savdolariga çiqarilişini 5-6 oyga çözib turiş va keyinçalik ularni klinikaga qaytarib beriş masalasini ijobiy hal etiş evaziga 3 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda boş yuristkonsult klinika rahbaridan söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









