2035 yilga borib Islom dunyodagi eng yirik dinga aylanişi kutilmoqda

2035 yilga borib Islom dunyodagi eng yirik dinga aylanişi kutilmoqda

AQŞning “Pyu riserç senter” tahlil markazi dunyodagi diniy tarkib qanday özgarişi haqidagi yangi prognozini eʼlon qildi. Mutaxassislarning fikriça, 2035 yilga borib musulmonlar soni nasroniylardan oşadi. Şundan keyin Islom sayyoramizda eng köp eʼtiqod qilinadigan dinga aylanadi.

Raqamlar nima deydi

2020 yilda nasroniylar eng yirik diniy guruh edi. Ularning soni 2,27 milliardni, musulmonlarniki esa 2,02 milliardni taşkil etgan. Prognozga köra, 2035 yilda musulmonlar 2,57 milliardga yetadi, nasroniylar esa 2,52 milliard böladi.

Farq keyingi ön yilliklarda yana kattalaşişi mumkin. Hozirgi tendentsiya saqlansa, 2070 yilga borib musulmonlar soni 3,6 milliarddan oşadi. Nasroniylar esa 3 milliardga ham yetmaydi. Hisob-kitobda aholining yoş tarkibi, tuğiliş darajasi, dinni özgartiriş va migratsiya ham eʼtiborga olingan.

Markaz asosiy sabab sifatida musulmon oilalarda bolalar köpligini körsatmoqda. 2020–2025 yillarda bitta musulmon ayolga örtaça 3,1 nafar farzand töğri kelgan. Nasroniy ayollarda bu körsatkiç 2,5 nafar bölgan. Boşqa diniy guruhlarda u 1,6 ni taşkil etgan. Aholi sonini avloddan avlodga saqlaş uçun esa 2,1 körsatkiç kerak deb hisoblanadi.

AQŞ va Yevropada vaziyat

Prognoz faqat jahon miqyosi bilan çeklanmaydi. AQŞda nasroniylar hozir katta yoşli aholining 62 foizini taşkil etadi. 2065 yilga borib bu uluş 50 foizdan pastga tuşişi mumkin. Demak, taxminan 40 yildan keyin nasroniylar mamlakatda köpçilik bölmay qolişi ehtimol.

Yevropada esa dinga eʼtiqod qilmaydiganlar köpayadi. 2020 yilda ular aholining 25 foizini taşkil etgan edi. 2070 yilga kelib bu körsatkiç qariyb 33 foizga yetişi mumkin. Musulmonlar uluşi ham deyarli ikki baravar oşib, 6 foizdan 13 foizga çiqişi kutilmoqda.

Prognozlar hozirgi demografik tendentsiyalar saqlanib qolişiga asoslangan. Ular kelgusi ön yilliklarda dunyoning diniy xaritasi sezilarli özgarişini körsatadi. Islom, demografiya, AQŞ, Yevropa, Pyu riserç senter Islom eng yirik din, musulmonlar soni, Pyu riserç senter, diniy tarkib prognozi, nasroniylar soni, tuğiliş darajasi, 2035 yil prognoz, AQŞ nasroniylar uluşi 3

Teglar:
×