Islom Maxaçev ikki yilga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin

Islom Maxaçev ikki yilga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin

Yengil vazn toifasida UFC çempioni Islom Maxaçev antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. USADA (AQŞ antidoping agentligi) uşbu vaziyatga izoh berdi.

Qayd etilişiça, rossiyalik jangçi avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarşi jang oldidan özini tiklaş uçun «osma tomizgiç»dan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Uşbu hodisaga yangi zelandiyalik jangçi Den Xuker guvoh bölgani aytilmoqda.

«USADA har qanday qoidabuzarliklar haqidagi xabarlarni jiddiy qabul qiladi. Biz barça maʼlumotlarni faol kuzatib boramiz», — deyiladi taşkilot bayonotida.

USADA qoidalariga köra, taqiqni buzgan har qanday jangçi jiddiy — ikki yilgaça diskvalifikatsiya qilinişi mumkin.


Teglar:
×