2030 yilga borib Yer aholisi taxminan 8,5 milliard kişiga yetadi, 2050 yilga borib 9,7 milliardga, 2100 yilga esa 10,9 milliardga yetişi kutilmoqda. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangiliklar xizmati xabar berdi.
Unga köra, bunday keskin ösişning asosiy sabablari – reproduktiv yoşga yetgan odamlar sonining ortişi, tuğiliş darajasidagi sezilarli özgarişlar, urbanizatsiya darajasining oşişi va migratsiya jarayonlarining tezlaşuvidir. Bu tendentsiyalar kelajak avlod uçun uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi.
“Yaqin ötmişda tuğiliş darajasi va umr köriş davomiyligida katta özgarişlar yuz berdi. 1970 yillar boşida ayollar örtaça 4,5 farzand tuğişgan bölsa, 2015 yilga kelib bu körsatkiç dunyo böyiça 2,5 tadan kamga tuşdi. Şu bilan birga, dunyo böyiça örtaça umr köriş davomiyligi 1990 yillar boşidagi 64,6 yoşdan 2019 yilga kelib 72,6 yoşga oşdi”, deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, urbanizatsiya darajasi yuqori bölib qolmoqda va migratsiya jarayonlari tezlaşmoqda. 2007 yil insoniyat tarixida ilk bor şaharlarda yaşovçilar soni qişloqlardagidan oşgan edi. 2050 yilga kelib esa Yer aholisining taxminan 66 foizi şaharlarda yaşaşi kutilmoqda.
Qayd etiş joiz, har yili 11 iyul sanasi Jahon aholi kuni sifatida nişonlanadi. Bu sana BMT tomonidan 1989 yilda aholining ösişi, barqaror taraqqiyot, soğliqni saqlaş, gender tengligi va inson huquqlari kabi muhim masalalarga eʼtibor qaratiş maqsadida joriy etilgan.









