Floridada ota uç farzandi va xotinini otib, özini öldirdi

Floridada ota uç farzandi va xotinini otib, özini öldirdi

AQŞning Florida ştatidagi Plant-Siti şahrida 19 noyabr kuni oilaviy fojia yuz berdi. Erkak uç nafar farzandi va xotinini otib öldirdi, keyin öz joniga qasd qildi. Bu haqda Haberler naşri xabar bergan.

Hilsboro okrugi şerifi idorasining maʼlum qilişiça, soat 15:29 atrofida favqulodda yordam xizmati 911 ga qönğiroq tuşgan. Aloqa uzilmagani uçun operator uy içidagi ovozlarni eşitib turgan.

911 operatori nimalarni eşitdi

Erkakning "Keçir, döstim" degan gapidan söng öq ovozi yangragan. Keyin kiçkintoy bolaning otasiga yolvorib, uni öldirmaslikni söraşi eşitilgan. Okrug şerifi Çad Kronisterning aytişiça, bola "Dada, iltimos, menga qarata öq uzmang, meni öldirmang" degan sözlarni uç-tört marta takrorlagan. Söng yana bir öq ovozi eşitilgan. Qönğiroqni aynan kim qilgani hozirça aniqlanmagan.

Politsiya xodimlari qönğiroqdan taxminan 10 daqiqa ötib voqea joyiga yetib kelgan. Ular dastlab uy içida qimirlamay yotgan bolani körgan. Eşikni buzib kirgan xodimlar bir, uç va beş yoşli uç nafar bola, ularning onasi va otasi halok bölganini aniqlagan.

Tergov davom etmoqda

Dastlabki maʼlumotlarga köra, ota avval uç farzandini, keyin xotinini otgan. Oxirida öziga öq uzgan. Oila bu hududga taxminan bir yil oldin köçib kelgan. Şu vaqt içida ularning uyidan politsiyaga biror marta murojaat yoki şikoyat tuşmagan.

Şerif Kronister voqea joyida jurnalistlarga bayonot berib, hodisani "sof yovuzlik" deb atadi. Uning sözlariga köra, kiçik yoşdagi bolalarning ölimi politsiya xodimlarini ham qattiq larzaga solgan. 911 qönğiroğiga javob bergan operator va uyga kirgan politsiyaçilarga hozir psixologik yordam körsatilmoqda.

Politsiya beş kişining ölimiga olib kelgan hodisa sabablarini aniqlaş böyiça tergov olib bormoqda. Oila aʼzolarining şaxsi hozirça oşkor qilinmagan.

Yaqinda Pensilvaniya ştatida ham şunga öxşaş fojia bölgan edi. U yerda 45 yoşli erkak öz uyida homilador ayol va bolalar qatori sakkiz kişini otib öldirib, keyin özini ham öldirgan. AQŞ, Florida, Oilaviy fojia, Politsiya Florida fojia, Plant-Siti, Hilsboro okrugi şerifi, Çad Kronister, 911 qönğiroq, ota farzandlarini otdi, AQŞ oilaviy zöravonlik, Florida qotillik 64

Teglar:
×