Mojrum arçasi — dunyodagi eng yirik igna bargli daraxtlardan biri (+foto)

Mojrum arçasi — dunyodagi eng yirik igna bargli daraxtlardan biri (+foto)

Jizzax viloyati Foriş tumani Mojrum qişloğining xuşmanzara tabiati, maftunkor boğlari boşqa hududlardan öziga xosligi bilan ajralib turadi. “Nurota” davlat qöriqxonasi hududidagi qadimiy masjid xarobalari oldida joylaşgan ulkan arça daraxti özining gözalligi bilan nom qozongan. Mazkur tabiat möʼjizasini öz közi bilan körgani kelayotgan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimi kun sayin köpaymoqda.
Bu ulkan arça daraxti “Nurota” davlat qöriqxonasi va qişloq çegarasida joylaşgan. Arça tanasining diametri taxminan 24 metr, balandligi esa 20 metr. Dunyodagi eng yirik igna bargli daraxtlardan biri bölgan mazkur arçaning yoşi hozirgaça aniqlanmagan. Mahalliy aholining aytişiça, arçaning yerga qadalganiga taxminan 3 ming yil bölgan. Xöş, arçaning yoşi neçada? Nahotki bu ulkan tabiat möʼjizasi yoşi olimlarimizni qiziqtirmasa?

7.jpg
8.jpg


– Bu yerga köplab mamlakatlardan sayyohlar keladi, – deydi şu qişloqda yaşovçi Şakarboy Şukurov.– Ammo ularni qiziqtirgan arçaning yoşi bilan boğliq savolga heç kim aniq javob bera olmaydi. Oğizdan oğizga köçib kelayotgan afsonalarga köra, arça bir keçada paydo bölgan. Yana bir rivoyatga köra, Aleksandr Makedonskiy yuqori martabali sarkardalarini dafn qilganidan söng Savr arçasini ekiş odati bölgan. Şu bois bu arçani Aleksandr Makedonskiy ekkan deyişadi. Ilgari daraxt tanasidagi kovak devor bilan öralgan va qişloq bolalari uçun maktab vazifasini ötagan.

11.jpg
16.jpg

Yuqorida taʼkidlanganidek, yiliga minglab sayyohlar taşrif buyursa-da, bu yerda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça muammolar ham yöq emas. Çunonçi, sayyohlar uçun yetarli şart-şaroit yaratilmagan. Yölning torligi, notekis va çangligi, mehmonxonalarning deyarli yöqligi, aloqa vositalari işlamasligi şular jumlasidandir.
Ayni paytda içki yöllarning 4 kilometrini taʼmirlaşga kirişilgan bölsa-da, qolgan qismi eʼtiborsiz qolmoqda. Xullas, uşbu hududda turizm salohiyatidan foydalaniş borasida qilinadigan işlar oz emas. Mutasaddilar bu borada nima der ekan?

18.jpg
27.jpg

Manba: ÖzA

×