Özbekistonda joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida korruptsiyaga aloqador 1,5 ming xodim işdan olindi. Bu haqda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma'lum qildi. Xususan, 1 565 ta holatda mehnat şartnomalari bekor qilingan.
Tekşiruvlar natijasi
Idoralardagi korruptsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari ön oy davomida 5 368 ta xizmat tekşiruvi ötkazgan. Şu tekşiruvlar asosida xodimlarga nisbatan 594 ta jinoiy, 160 ta maʼmuriy va 4 604 ta intizomiy çora körilgan. Yaʼni jazo qöllangan holatlarning aksariyati intizomiy javobgarlikka töğri keladi.
Agentlik maʼlumotlariga köra, qonunçilik talablari buzilgani uçun 322 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.
Davlat xaridlarida aniqlangan holatlar
Davlat xaridlari sohasida ham qonunbuzilişlar topilgan. 57,5 milliard sömlik 24 ta xaridda manfaatlar töqnaşuvi aniqlangan. Yana 239,9 milliard sömlik 90 ta xarid affillanganlik (xaridga aloqador şaxslarning özaro boğliqligi) bilan boğliq bölgan. Agentlik uşbu holatlarning barçasi bartaraf etilganini bildirdi.
Bundan taşqari, ön oy içida 18 970 ta ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvining oldi olingan. Mavjud bölgan 1 689 ta holat esa bartaraf etilgan.
Soğliqni saqlaşda tejamkorlik
Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlari qayta körib çiqilgan. Şu yöl bilan byudjet mablağidan 247 milliard söm tejab qolingan.
Avvalroq Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining örinbosari va Davlat kadastrlari palatasi tuman filialining mansabdori 30 ming dollar pora bilan uşlangani xabar qilingan edi. матн>









