Namangandagi boğça tarbiyalanuvçisi issiq suvdan kuyib vafot etişi ortidan MTT direktori va bir neça xodim işdan böşatildi

Namangandagi boğça tarbiyalanuvçisi issiq suvdan kuyib vafot etişi ortidan MTT direktori va bir neça xodim işdan böşatildi

Namanganda boğçada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etgani hamda hodisa röy berganidan ikki oy ötib jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgandi. Uşbu voqea yuzasidan Maktabgaça taʼlim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, marhum Uluğbek Hoşimovning ota-onasi yöllagan murojaatdan söng holat vazirlik işçi guruhi tomonidan örganilgan.

Natijada bola tarbiyalangan guruhda işlagan barça xodimlar lavozimidan ozod etilgan.

Tergov natijalariga köra, xodimlar öz vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi va taşkilotda xavfsizlik standartlariga rioya qilinmaganligi uçun 7 aprel kuni maxsus boğça direktori, katta hamşirasi va qöriqçisi bilan mehnat şartnomalari bekor qilingan.

Vazirlik holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan jazo tayinlaşi tarafdori ekani taʼkidlangan.

×