Uyuşgan jinoiy guruhga aloqador 200 ga yaqin amaldor işdan böşatildi

Uyuşgan jinoiy guruhga aloqador 200 ga yaqin amaldor işdan böşatildi

Qirğizistonda oktyabr oyida öldirilgan kriminal avtoritet Qamçibek Qölboyev va bojxona xizmati rahbarining sobiq örinbosari Rayimbek Matraimov boşçiligidagi uyuşgan jinoiy guruhga aloqador 180 dan ortiq mansabdor lavozimidan böşatildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga köra, ayni paytgaça jami 226 nafar davlat xizmatçisining jinoiy olamga aloqadorligi aniqlangan. Şundan bojxona tizimida foş etilgan 85 nafar xodimdan 76 nafari işdan çetlatilgan. Içki işlar vazirligidagi 26 nafar şaxsdan 14 nafari lavozimidan ayrilgan. Mahalliy Kengaşning 6 nafar deputati öz mandatini topşirgan. 

Şuningdek, tuman davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari va mahalliy özini özi boşqariş organlaridan 65 nafar xodim hamda boşqa vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlar işdan olingan.

“Hozirda aniqlangan boşqa davlat organlari xodimlari ustidan tegişli qöşimça işlar davom ettirilmoqda. Davlat organlarini insofsiz, manfaatparast, ğarazgöy xodimlardan tozalaşga qaratilgan tadbirlar bundan keyin ham davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.


×