Toşkent viloyati Olmaliq şahrida sotuvçilarning buyumlarini zörlik bilan tortib olgan soliqçilar aks etgan video tarqalgandi. Uşbu holat yuzasidan Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Muzaffar Nazarov «Zamon.uz»ga holat yuzasidan intervyu berdi.
«Davlat soliq xizmati organlari fuqarolarga nisbatan heç qaçon kuç işlatişiga yöl qöyilmaydi. Bugungi kunda soliq organlari tadbirkorlarga kömakçi bölib, ularning qonuniy faoliyat yuritişlarida amaliy yordam berişga doim harakat qiladi», – deydi Muzaffar Nazarov.
Maʼlum qilinişiça, uşbu holat yuzasidan Davlat soliq qömitasi tomonidan tezkor ravişda xizmat tekşiruvi ötkazildi. Voqea aybdorlari bölgan uç nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va barça maxsus unvonlari bekor qilingan.
Bundan taşqari, Olmaliq şahar davlat soliq inspektsiyasining boşliği, uning örinbosari hamda Jismoniy şaxslarga xizmat körsatiş bölimi boşliğiga ham tegişli intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.
Avvalroq Davlat soliq qömitasi boşliği Şerzod Kudbiyev video yuzasidan murojaat qilib, xalqdan keçirim söragandi.









