Şveytsariya Alişer Usmonovga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi

Şveytsariya Alişer Usmonovga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi

Şveytsariya Rossiyaning ikki milliarderi – Alişer Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi, biroq çeklovlar röyxatiga Rossiyaga oid yana 254 ta yangi bandni qöşdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Şveytsariya Iqtisodiyot böyiça davlat kotibiyati (SECO) tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga köra, Fridman va Usmonovdan taşqari, Qrim federal universitetining sobiq rektori Andrey Falaleyev hamda Redbird Corporate Services Ltd kompaniyasiga nisbatan ham sanktsiyalar bekor qilingan.

Bundan taşqari, Rossiya Davlat dumasi sobiq deputati Yuriy Şvitkin va konstruktor Aleksandr Leonov vafot etgani sababli ular ham sanktsiyalar röyxatidan çiqarilgan.


Şu bilan birga, Şveytsariya sanktsiyalar röyxatiga 254 ta yangi band kiritgan. Ular orasida Rossiyaning 33 ta banki, uçinçi davlatdagi bitta bank, 17 ta moliyaviy muassasa va kriptoxizmatlar yetkazib beruvçisi, uçinçi davlatlarga tegişli beşta kompaniya, şuningdek, Rossiyaning törtta aeroporti va ikkita porti bor.

SECO maʼlumotiga köra, Şveytsariya taşqi siyosiy va huquqiy omillarni baholaganidan söng, Rossiyaning ikki fuqarosini hozirça sanktsiya röyxatiga kiritmaslikka qaror qilgan. Şuningdek, uçinçi davlatlarga tegişli 14 ta kompaniyaga nisbatan eksport nazoratini kuçaytiriş çoralari ham qöllanilmagan.

Taʼkidlanişiça, Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar böyiça 20-paketida joriy etilgan amaliy çoralar savdo çeklovlarini çetlab ötişning oldini olişga qaratilgan.


×