Alişer Usmonovga tegişli kompaniya boş direktori pnevmoniyadan vafot etdi

Alişer Usmonovga tegişli kompaniya boş direktori pnevmoniyadan vafot etdi

Rossiyaning eng yirik toğ-metallurgiya xoldinglaridan biri hisoblangan «Metalloinvest»ning boş direktori Andrey Variçev hayotdan köz yumdi. U 52 yoşda edi.

Ölim faktini «Metalloinvest» rahbari deputat bölgan Kursk viloyati maʼmuriyati vakili tasdiqladi. «Forbes»ning yozişiça, uning ölimiga pnevmoniya sabab bölgan. U 27 aprel, duşanba kuni Moskvadagi xususiy klinikalardan birida jon bergan.

Top-menejerga ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan va oxirgi bir neça kun öpkani sunʼiy ventilyatsiya qiluvçi apparatga ulab qöyilgan.

Pnevmoniya — koronavirusda kelib çiqadigan asoratlardan biri.

Xabarlarga köra, Variçev COVID-19 ga test topşirgan, biroq natija manfiy çiqqan.

«Metalloinvest» — Rossiyadagi eng yirik temir koni kompaniyalaridan biri bölib, u milliarder Alişer Usmonovga tegişli.

Manba: Aniq.uz

×