23 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Rosatom” atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyovni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekistonda ilk integratsiyalaşgan atom elektr stantsiyasini barpo etiş loyihasini amalga oşiriş hamda ilğor texnologiyalar va bilimlar asosida tegişli infratuzilmani rivojlantiriş masalalari diqqat markazida bölgan.

Birinçi reaktor binosi poydevorini quriş hamda atom elektr stantsiyasini loyihalaştiriş işlari izçil davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Sohada malakali kadrlarni tayyorlaş, bunda, jumladan, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkentdagi filiali hamda “Rosatom” kompaniyasi obʼektlaridagi imkoniyatlardan foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şuningdek, bölajak AES yaqinida energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy taʼlim, tibbiyot va sport muassasalari hamda aholi uçun qulay ijtimoiy infratuzilmaga ega atomçilar şaharçasini barpo etiş borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.









