Şavkat Mirziyoyev Turkiy kengaş boş kotibini qabul qildi

Şavkat Mirziyoyev Turkiy kengaş boş kotibini qabul qildi

Keça, 11 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Istanbul şahriga kelgaç, öziga ajratilgan qarorgohda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi boş kotibi Bağdod Amriyevni qabul qildi.

Taşkilot doirasidagi köp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Kengaşga aʼzo davlatlar örtasidagi konstruktiv muloqot jadal rivojlanayotgani va amaliy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, keyingi yillarda Özbekistonning Turkiy kengaş mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobarga ortdi, qöşma korxona va loyihalar soni 4 mingtaga yaqinlaşdi.

Joriy yilda mamlakatimizda Taşkilotning qator muhim tadbirlari, jumladan, Xiva şahrida madaniyat vazirlari, Qöqon şahrida turizm vazirlarining uçraşuvlari, Toşkent şahrida yoşlar forumi ötkazildi.

Özbekiston yetakçisi butun mintaqa barqarorligi va ravnaqini taʼminlaşga qaratilgan muhim loyiha va dasturlarni ilgari surişda Kengaş imkoniyatlaridan samarali foydalaniş muhim ekanini alohida taʼkidladi.

Uçraşuv davomida boş kotib Bağdod Amriyev davlat rahbariga bölajak sammitga tayyorgarlikning borişi, tadbir dasturi va kun tartibidagi masalalar töğrisida maʼlumot berdi.

×