Bugun, 8 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdöğan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda milliy sport turlari va xalq öyinlarini yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.
Uçraşuv avvalida Bilol Erdöğan Özbekiston yetakçisiga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Ilk bor Xiva şahrida dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportçi iştirokida ötkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qöllab-quvvatlangani va yuksak darajada taşkil etilgani uçun samimiy minnatdorlik bildirilgan.
Suhbatda qöşma “yöl xaritasi” asosida taʼlim dasturlarini işlab çiqiş, tajriba almaşiş, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlaş, yoşlarni etnosportga keng jalb qiliş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.









