Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oşiriş va mavjud resurslarni jalb etiş orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilği-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qaror qabul qildi.
– 2020 yil 1 avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi işga tuşiriladigan quyoş, şamol, biogaz elektr stantsiyalari, quvvati 1MVt gaça bölgan mikro va kiçik gidroelektrstantsiyalardan, şu jumladan öz ehtiyojlari uçun işlab çiqarilgan ortiqça elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib oliş böyiça tarif sotiş, tarqatiş va yetkazib beriş xarajatlarini çegirib taşlagan holda II tarif guruhi isteʼmolçilari darajasida belgilanadi;
– Sanoat kölamidagi qayta tiklanuvçi elektr manbalari (gidroelektrstantsiyalardan taşqari) loyihalarni amalga oşiriş uçun potentsial investorlar auktsion (tanlov) orqali aniqlanadi.
– 2020 yil 15 iyuldan 31 dekabrgaça 750 kVAgaça bölgan quvvatda ulangan hamda qöşimça uçinçi smenani taşkil etgan mahsulot işlab çiqaruvçi va xizmat körsatuvçi isteʼmolçilar (Davlat soliq qömitasi tomonidan tasdiqlangan röyxat böyiça) uçun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi böyiça 1,5 baravar kamaytirilgan koeffitsiyent qöllaniladi;
– Yuridik şaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uçun oldindan tölov kiritiş töğrisidagi majburiy talabni 30 foizgaça kamaytiriş imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga tatbiq etilmaydi.
Qaror bilan 3,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd. m³ tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejaşni nazarda tutuvçi 2020-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilği-energetika resurslarini tejaşning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.









