Bugun, 2 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrida ötayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boşqaruvçilar kengaşining 46-yillik yiğilişi doirasida mamlakatda bölib turgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassirni qabul qildi.
Uçraşuv avvalida ITB prezidenti davlat rahbari va Özbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot, farovonlik va ravnaq tiladi.
Pandemiya boşlanganidan buyon ilk bor Bankning eng muhim tadbiri şu kunlarda poytaxtda jonli ravişda ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yuqori darajadagi uşbu forumda ITBga aʼzo mamlakatlar hukumatlari vakillari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, işbilarmon doiralar va nufuzli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari iştirok etmoqda. Onlayn va offlayn şakldagi tadbirlarda 4,5 ming nafarga yaqin delegat qatnaşmoqda.
Özbekiston yetakçisi Muhammad Al-Jassirni ITB prezidenti lavozimiga saylangani bilan yana bir bor tabrikladi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Davlat rahbari ITB bilan şeriklikning izçil kengayib borayotganini yuksak baholab, Bank Özbekistondagi keng kölamli islohotlarning yangi dasturini qöllab-quvvatlayotgani va uni ilgari surişga muhim hissa qöşayotganini alohida qayd etdi.
Bugungi kunda amaliy hamkorlik portfeli transport, uy-joy kommunal infratuzilma, energetika, qişloq va suv xöjaligi, soğliqni saqlaş, taʼlim, tadbirkorlik va boşqa ustuvor yönalişlarni qamrab olgan qiymati 2,5 milliard dollardan ortiq bölgan 30 ta loyihadan iborat.
Uçraşuvda köp qirrali şeriklikni kengaytiriş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu borada 2022-2025 yillarga möljallangan yangi hamkorlik dasturini tez fursatda qabul qiliş va amalga oşiriş hamda Toşkent şahrida Bankning tölaqonli vakolatxonasini işga tuşiriş, moliyalaştiriş instrumentlari samaradorligini oşiriş muhim ekani taʼkidlandi.
Yangi taşkil etilayotgan Özbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş jamğarmasi faoliyati xususiy tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlarini yaratiş, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar farovonligini oşiriş uçun samarali mexanizm bölib xizmat qilişiga umid bildirildi.
Özbekiston va ITB örtasidagi strategik şeriklik va keng kölamli hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida özaro yaqindan işlaş va faol muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.









