Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda harbiy xizmatçilarni xizmat davomida bir-birlarini qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Ulamolar kengaşi raisi bu haqda joriy yilning 20 oktyabr kuni DXX Çegara qöşinlarining “Poytaxt” öquv markazida çegaraçilar va yangi çaqirilgan askarlar bilan uçraşuvda gapirdi.
Markaz Duşanbe şahrining Firdavsiy tumanida joylaşgan.
“Heç kimni xafa qilmang, aksinça, bir-biringizni qöllab-quvvatlang”, deya askarlarga murojaat qilgan muftiy.
U özaro yordamni oriyat, qadr-qimmat va musulmonça axloqning namoyon bölişi, deb atagan.
Ulamolar kengaşi xabariga köra, Abduqodirzoda mamlakat çegaralarini himoya qilişning muhimligi hamda xalq va davlat oldidagi masʼuliyat haqida ham gapirgan. U harbiy xizmatçilarni öz burçlarini halol bajarişga, intizomga rioya qilişga, töğrisöz bölişga, bir-birini hurmat qilişga, sabr-toqat körsatişga va Islomning axloqiy normalariga amal qilişga çaqirgan.
“Asia-plus” naşrining yozişiça, askarlarni kamsitiş, xususan, xizmat muddati köproq bölgan askarlar tomonidan yangi kelganlarni tahqirlaş va kaltaklaş (“dedovşçina”) köp yillardan beri Tojikiston armiyasi va harbiy qismlaridagi muammo bölib qolmoqda. Şu bilan birga, rasmiylar bu kabi holatlar mavjudligini tan olişi hamişa ham kuzatilmaydi.









