Özbekiston muftiysi Xalqaro musulmon ulamolar kengaşi aʼzosi böldi

Özbekiston muftiysi Xalqaro musulmon ulamolar kengaşi aʼzosi böldi

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengaşi aʼzosiga aylandi. Bu haqda idoraning Matbuot xizmati xabar qildi.

Uşbu yangilikni prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev ham Surxondaryodagi uçraşuv paytida aytib ötgan.

“Mana, kuni keça Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengaşiga aʼzo bölganlari, barçamizga mamnuniyat bağişlaydi. Buyam ötgan davrda diniy-maʼrifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro eʼtirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qöşayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak töğri böladi”, degan Mirziyoyev.

Maʼlumot uçun, Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka şahrida tuğilgan. 1992 yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toşkent islom institutini, 2007 yilda esa Farğona davlat universitetini tamomlagan. U 2021 yilning 19 oktyabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan edi. Nuriddin Xoliqnazarovga joriy yilning 4 iyun kuni “Faxriy doktor” ilmiy unvoni ham berilgan.


Teglar:
×