Asad davridagi Suriya boş muftiysi umrbod qamaldi

Asad davridagi Suriya boş muftiysi umrbod qamaldi

Suriyada sobiq prezident Başar Asad davrida mamlakat boş muftiysi bölgan Ahmad Hassun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U mazhablararo adovat va zöravonlikni qözğatiş, qotillikni oqlaş hamda lavozimini suiisteʼmol qilişda aybdor deb topildi. Bu haqda DW xabar berdi.


Qayd etilişiça, Damaşqdagi Jinoyat işlari böyiça törtinçi sud keça, 24 avgust kuni Ahmad Hassunga nisbatan hukm çiqargan. Sud uning insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga aloqadorligi ham aniqlanganini bildirgan. Şuningdek, sud mahkumning köçar va köçmas mol-mulkini davlat xazinasi foydasiga musodara qiliş haqida qaror qabul qilgan.

Hassun 2005–2021 yillarda Suriyaning eng yuqori diniy lavozimi bölgan boş muftiy vazifasini egallagan. U Başar Asad rejimiga yaqinligi va sobiq prezident bilan diniy tadbirlarda tez-tez birga körinişi bilan tanilgan.

Sudya Faxriddin al-Ariyon Asad davridagi rasmiy diniy muassasalar tinç aholi yaşaydigan hududlarga qarşi qöllanilgan boçkali bombalardan foydalanişni oqlaganini taʼkidlagan.

Maʼlumotlarga köra, Hassun Asad hukumati ağdarilganidan söng Suriyani tark etişga uringan vaqtida, 2025 yil mart oyida Damaşq aeroportida qölga olingan. U yangi hukumat davrida sudlangan Asad rejimiga aloqador öninçi rasmiy böldi.


×