Mirziyoyev va Putin bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

Mirziyoyev va Putin bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

Bugun, 30 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlab, kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan samimiy tabriklar almaşgan, döst xalqlarga tinçlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

Koronavirusning global miqyosda tarqalişi bilan boğliq murakkab şaroitda davlatlar pandemiyaga qarşi kuraşiş, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib ötişda bir-biriga har tomonlama yordamlaşgani va amaliy kömak körsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan. Xabarga köra, bugungi kunda Özbekistonda Rossiya vaktsinasini işlab çiqariş böyiça kooperatsiya imkoniyatlari faol örganilmoqda.

Qayd etilişiça, yuzaga kelgan vaziyat va qiyinçiliklarga qaramay, barça darajalardagi faol almaşinuvlar davom ettirilgan. Ikki tomonlama savdo körsatkiçlari sezilarli ösişiga erişildi, sanoat kooperatsiyasi böyiça qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yölga qöyilgan.

“Rossiya Federatsiyasi mamlakatimiz MDHga muvaffaqiyatli birinçi bor raislik qilişiga hamda Özbekiston Respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvçi maqomi berilişiga salmoqli kömaklaşdi”, deyiladi xabarda.

Suhbat çoğida Prezidentlar ikki mamlakat örtasidagi döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga bundan buyon ham qatʼiy intilişlari va bu borada birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirişlarini tasdiqlagan.

Kelgusi yil rejasiga kiritilgan ikki va köp tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik körişga kelişib olingan. Özbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşgan.

×