Botir Qudratxöjayev Mudofaa vaziri böldi

Botir Qudratxöjayev Mudofaa vaziri böldi

Bugun, 12 oktyabr kuni Botir Bahromoviç Qudratxöjayev Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.

Maʼlumot uçun, Botir Qudratxöjayev 2014−2016 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi, viloyat prokurori, 2016-2017 yillarda Toşkent şahar prokurori, 2017-2020 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2020-2022 yillarda Xorazm viloyati prokurori, 2022 yildan bugungaça Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari, Özbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimida işlagan. U 2025 yilning fevral oyidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga işlagan. 


×