“Barçasi keç xabar topganimiz va xatomiz tufayli böldi” – soğliqni saqlaş vaziri “Dok-1 Maks” işi haqida

“Barçasi keç xabar topganimiz va xatomiz tufayli böldi” – soğliqni saqlaş vaziri “Dok-1 Maks” işi haqida

Keça, 14 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning holati va istiqboli töğrisida”gi axboroti eşitildi. 

Majlisda Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev ham söz olib, tizimdagi korruptsiya sabab vafot etayotgan bolalar masalasini kötardi va Amrillo Inoyatovdan şunday holatlar böyiça izoh berişni söradi.

“Vazirlik vakillari majlisga juda yaxşi tayyorlanib kelişibdi, 11 varaqli maʼlumot öqib berişdi, deputatlar nima deyişini oldindan bilişgani körinib turibdi. Javoblar uçun rahmat.

Oxirgi yillarda tibbiyotga bölgan eʼtibor va sohadagi özgarişlarni heç kim inkor etolmaydi. Özim ham şifokor oilasidanman, şuning uçun buni yaxşi his qilaman. Ajratilayotgan mablağlar oşdi, tibbiyot markazlarini moddiy va boşqa tomondan qöllaş ösdi. Bularning hammasi prezidentimizning sohaga alohida eʼtibor qaratayotganidan. Lekin şu bilan birga, afsuski, tizimdagi öta qöpol kamçiliklar tufayli önlab bolalar hayotiga zomin böladigan holatlar guvohi böldik. Tizimdagi korruptsiya sababli dorini tegişli tartibda sertifikatsiya qilmaslik oqibatida 65 ta oila farzandidan judo böldi. Prezidentimizning özi buni tanqid qilib, har bir aloqador odam qonun oldida javob beradi, dedilar. Va bugun sud jarayonlari oçiq tarzda bölyapti, jazolanyapti. Lekin şu sud jarayonlarini, u yerdagi ota-onalarning ğam-qayğusini körib yiğladim, mening ham ikkita farzandim bor, öşalardan biri mening farzandim bölişi mumkin edi. Odamning vijdoni qiynalyaptiki, biz ham deputat sifatida nazoratni töğri qilmay, eʼtiborni boşqa tomonga qaratganimiz uçun, tizimdagi şunday qöpol xatolar tufayli oramizda 65 ta bolakay endi yöq.

Tizim xodimlarining körsatmalaridan maʼlum bölyaptiki, maʼlumotlarni pastdan tepaga yetkazmaslik oqibatida bolalarni saqlab qoliş imkoni boy berilgan. Ming afsuski, vazirlik tomonidan bu işlar uçun siyosiy javobgarlik tan olinmadi. Jinoiy javobgarlik öz yöliga, lekin masʼuliyat nuqtai nazaridan yuqori mansabdorlarga javobgarlik körmayapmiz. Vazir tumanlarda preparatlar yetmasligi öşa tuman birinçi rahbariga boğliq, deb aytib ötdilar, siz uçun tumandagi rahbar, biz uçun tizimning birinçi rahbari javobgar. Töğri, öşa payt siz vazir emasdingiz, sizni ayblamoqçi emasman. Lekin şu bölib ötgan işdan qanday xulosa çiqardingiz? Bizga şunday xatolar takrorlanmasligiga vaʼda berolasizlarmi? Pastdagi kamçiliklarni yuqoriga yetkazmoqçi bölgan xodimlar jazolanmasligiga vaʼda berolasizlarmi? Maʼlumotlar öz vaqtida yetib kelib, öz vaqtida çora körilişiga vaʼda berolasizmi? Farzandlarimizning hayotini saqlab qolişga vaʼda berasizlarmi? Xulosa çiqarildimi yoki bu holat davom etaveradimi?” – deya vazirga savol bilan yuzlandi deputat.

“Antistrumin” voqeasi: Amrillo Inoyatov bolalarga yod preparati yuqori dozada berilganini tan oldi

Öz örnida soğliqni saqlaş vaziri bölib ötgan maşʼum voqealarda aybdorlikni vazirlik töla öz zimmasiga olişi va bahonalarga örin yöqligini aytib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligiga vaʼda berdi.

“Doniyor Ğaniyevning eʼtirozlarini töliq qabul qilamiz, heç qanday bahona qilişga asosimiz yöq. Tizim rahbari böliş men uçun katta masʼuliyat va majburiyatdir.

Öşa işlar bölgan paytda birinçi örinbosar edim. Birinçi örinbosar böla turib xabarni keç eşitganman, tan olaman. 24-25 dekabr kunlari xabarni olganmiz. Yanvar oyining birinçi ön kunligida 17 ming hamşirani xonadonlarga çiqarib, odamlarning uyidagi şunday dorilarni yiğib oldik. Siropdan taşqari tabletka körinişidagi turlari ham aniqlanib, yiğib olindi.

Prezidentimiz darrov topşiriq berib, administratsiya, prokuratura, içki işlar, soliq organlari ham jalb qilinib, dorixonalardan öşa dori töliq yiğib olindi. Protsess 10 kunda birdan töxtatildi. Qariyb 100 nafar bolani Bolalar milliy markazi va Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markaziga olib keldik va soğliğini nazoratga oldik.

Samarqanddan holat böyiça maʼlumot kelgunga qadar şifokorlar zaharlangan bolalarga boşqaça taşxis qöyişgan, agar bilişganda, barça bolaning hayotini saqlab qoliş mumkin edi. Şu voqeadan keyin bitta ham bunday ölim holati kuzatilgani yöq. Holatdan söng katta xulosa qilganmiz. Yaqinda bölib ötgan “Antistrumin voqeasi”ni ham vazirlik tan olyapti. Bu holat bilan boğliq bölgan barça xodimlar qonun oldida javob beryapti.

Bundan buyon bunday kamçiliklarga yöl qöymaslikka vazir sifatida vaʼda beraman. Tizimda muammolar yiğilib qolgan, şuning uçun tizimli yondaşuv boşlangan. Hukumatning, deputatlarning yordami kerak böladi bizga. Tibbiyot yönalişi juda oğir ekanini his qilyapman, vazirlik masʼuliyati juda katta. Şularni çuqur his qilgan xolda işga kirişganmiz. Endi bundan buyon bitta ham bunaqa holatga yöl qöyişga haqqimiz yöq. Va tan olamanki, barçasi bizning holatdan keç xabar topganimiz va xatomiz tufayli böldi”, – dedi vazir Amrillo Inoyatov.


manba: kun.uz

Teglar:
×