Qodirovning 16 yoşli öğli Rossiya Mudofaa vazirligi bataloniga rahbar böldi

Qodirovning 16 yoşli öğli Rossiya Mudofaa vazirligi bataloniga rahbar böldi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning öğli Adam Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi “Şayx Mansur” bataloniga rahbarlik qiladi. Bu haqda Çeçeniston parlamenti spikeri Magomed Daudov maʼlum qildi. 

“Adam Qodirovga muhim yönaliş işonib topşirilgan. Bundan buyon u Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi eng jangovar bölinmalardan biri – “Şayx Mansur” bataloniga rahbarlik qiladi”, deb yozgan u Telegram-kanalida.

Daudovning aytişiça, 16 yoşli Qodirovdagi mehnatsevarlik va masʼuliyat unga qöyilgan vazifalarni bajarişda yordam beradi.

Öz navbatida, Çeçeniston Dumasi deputati Adam Delimxanov kiçik Qodirovni batalon şaxsiy tarkibiga taniştirganini aytgan.

“Bu tayinlaniş Adamning xalqimizning diniy, oilaviy va madaniy qadriyatlarini asrab-avaylaş yölidagi ulkan xizmatlarining tabiiy natijasi böldi”, deya uni uluğlagan Delimxanov.

Şuningdek, u Adam Qodirovni tuğma jangçi deb atagan.

Eslatib ötamiz, Adam Qodirov avvalroq 1-darajali “Islom diniga xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangandi. Şuningdek, ötgan oyda Adamga “Çeçeniston qahramoni” unvoni, şu oyda esa “Kabardin-Balkar Respublikasi oldidagi xizmatlari uçun” ordeni hamda akalari Ali va Ahmad qatorida Çeçeniston parlamentidagi rağbatlantirişning eng yuqori şakli – “Daymexkan Siy” (Vatan şarafi) ordeni bilan mukofotlangandi. Şu oy boşida u otasining xavfsizlik xizmatida “muhim” va “masʼuliyatli” lavozimga tayinlangan.


×