Xonanda Botir Qodirov “Şamsiddin Sadoiy” taxallusi bilan tanilgan şoir Şamsiddin Törayevning şeʼridan ruxsatsiz foydalangani uçun jarimaga tortildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Bildirilişiça, joriy yilning iyun oyida şoir Şamsiddin Törayev tomonidan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilişiga çek qöyiş, yaʼni mualliflik huquqi buzilişi natijasida yetkazilgan maʼnaviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undiriş töğrisidagi daʼvo arizasi kiritilgan.
Mazkur daʼvo arizasi böyiça fuqarolik işi körib çiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan daʼvogar Şamsiddin Xöjayeviç Törayevning foydasiga bazaviy hisoblaş miqdorining 300 barobari yaʼni 112,5 mln söm miqdorida tovon puli hamda 20 mln söm maʼnaviy zarar undirilişi belgilangan.
Şuningdek, javobgar Botir Qodirov zimmasiga daʼvogar Şamsiddin Törayevga muallifligidagi “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla döstim” nomli qöşiqlar ijrosini efirga uzatiş, barça ijtimoiy tarmoqlarga joylaştiriş, Özbekiston Respublikasidagi barça davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boşqa platformalarda har qanday tarzda foydalanişni darhol töxtatiş (qatʼiy taqiqlaş) majburiyati yuklatilgan.
Maʼlumot uçun, Özbekiston qonunçiligiga köra, muallif huquqbuzardan bazaviy hisoblaşning 20 baravaridan 1000 baravarigaça tovon puli talab qilişga haqli hisoblanadi.









