Ölat xavfi: JSST Rossiyadagi vaziyat sababini aniqlay olmadi

Ölat xavfi: JSST Rossiyadagi vaziyat sababini aniqlay olmadi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida Irkutsk ölatga qarşi ilmiy-tadqiqot markazi xodimining pnevmoniyadan vafot etişiga nima sabab bölgani hozirça nomaʼlum. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) hodisa bilan boğliq kasallik tarqalişi kuzatilayotganiga dalil topilmaganini, Rossiyada ölat holati qayd etilmaganini bildirdi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 2 oktyabr kuni laboratoriya xodimi nomaʼlum sababga köra pnevmoniyadan vafot etgan. Şundan söng Rossiya rasmiylari u bilan aloqada bölgan qariyb 200 kişini karantinga olgan. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda xavotirlarga sabab bölgan.

JSST maʼlumotiga köra, marhuma va u bilan aloqada bölgan odamlardan olingan tahlillar tekşirilgan xavfli patogenlar böyiça manfiy natija bergan. Şuningdek, marhuma bilan aloqada bölganlarda kasallik alomatlari kuzatilmagan, u bilan boğliq boşqa oğir pnevmoniya holatlari ham aniqlanmagan.



“Bizga taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, JSST uşbu hodisa bilan boğliq kasallikning davom etayotgan yuqişiga dalil topmadi. Biroq marhum laboratoriya xodimiga aniq taşxis qöyilmagani asosiy noaniqlik bölib qolmoqda“, deyiladi taşkilot bayonotida.

Rossiya rasmiylari marhuma zarur emlaşlardan ötganini va uning organizmida laboratoriyadagi faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar aniqlanmaganini bildirgan.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Rossiya marhuma bilan aloqada bölgan barça odamlarning tibbiy tekşiruvlari yakunlanganini maʼlum qilgandi. Şuningdek, JSSTga belgilangan tartibda barça zarur maʼlumotlar taqdim etilganini bildirgan.

COVID-19 pandemiyasidan keyin xalqaro soğliqni saqlaş taşkilotlari sababi nomaʼlum pnevmoniya holatlarini alohida kuzatib kelmoqda. Biroq ayrim holatlarda kasallikning aniq sababini aniqlaşning imkoni bölmaydi.


Teglar:
×