Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti şu yil mart oyidagi bayonotida dunyoda parranda grippi pandemiyasi boşlanişi xavfidan ogohlantirgandi.
Bunga mazkur virusning tez mutatsiyaga uçrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqiş hamda keng tarqaliş xususiyatiga egaligi sabab bölgandi.
"Eng yomoni, u odamlar hayotiga zomin bölişi mumkin”, deyilgan edi öşa çiqişda. Bu holat yuz berdi ham. Aprel oyida Xitoyda H3N8 virusidan ilk ölim holati qayd etildi.
Şularni inobatga olib, keça JSST yangi bayonotini eʼlon qildi. Unda parranda grippining insonlarga yuqiş xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatçilik va soha mutaxassislari yana bir bor ogohlikka çaqirilgan.
Taşkilot masʼul xodimi Silvi Brianning taʼkidlaşiça, mazkur virusning bemor insondan boşqasiga yuqişi kam kuzatiladi. Şunga qaramay, xuşyorlik va ehtiyotkorlik şart.
Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuçaytiriş va aniqlangan holatlar böyiça imkon qadar tezroq xabar berişga çaqiradi.
Öz navbatida, epidemiologlarning taʼkidlaşiça, odamlar infektsiyadan zararlangan va halok bölgan hayvonlarga yaqinlaşmasliklari zarur.









