Yarim milliard odam öta qaşşoqlik xavfi ostida – JSST

Yarim milliard odam öta qaşşoqlik xavfi ostida – JSST

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va Jahon banki pandemiya davrida soğliqni saqlaş tizimidagi muammolar tufayli yarim milliarddan ortiq odam öta qaşşoqlik xavfi ostida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda JSST eʼlon qilgan taşkilotlar hisobotlarining press-relizida aytiladi.  

“Odamlar tibbiy xizmatlar uçun öz çöntagidan pul tölaşi kerak bölgan vaziyat yarim milliarddan ortiq odamni öta qaşşoqlik holatiga olib keladi”, deyiladi naşrda. 

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Jahon banki pandemiya tibbiy xizmatlar körsatilişini töxtatdi va butun dunyo böylab soğliqni saqlaş tizimlarida ortiqça stressni keltirib çiqardi, degan xulosaga kelgan. Şu sababli, taşkilotlar maʼlumotlariga köra, sönggi ön yil içida birinçi marta aholini immunizatsiya bilan qamrab oliş kamaygan, sil va bezgakdan ölim köpaygan. 

“Barça hukumatlar zudlik bilan yangilanişi va har bir fuqaroning moliyaviy taʼsirlardan qörqmasdan tibbiy yordam olişini taʼminlaş böyiça saʼy-harakatlarni tezlaştirişi kerak”, degan JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus. 

U davlatlarga birlamçi tibbiy yordam tizimlariga eʼtibor qaratgan holda soğliqni saqlaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş xarajatlarini oşirişni tavsiya qilgan.

×