JSST: dunyoda koronavirus infektsiyasi tarqalişi bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi

JSST: dunyoda koronavirus infektsiyasi tarqalişi bilan boğliq vaziyat yomonlaşdi

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) raisi Tedros Adxanom Gebreyesus dunyoda koronavirus infektsiyasi tarqalişi bilan boğliq vaziyat yomonlaşganini maʼlum qildi.

«Biz soğliqni saqlaş sohasida odamlarni favqulodda vaziyatlar şaroitida himoya qilişga odatlanganmiz, biroq COVID-19 pandemiyasi şunçaki favqulodda holatlar doirasidan çiqib ketdi», — dedi u Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 73-sessiyasidagi nutqida.

Taşkilot rahbari pandemiya boşqa yuqumli kasalliklar bilan qarşi kuraşga salbiy taʼsir körsatayotganini taʼkidlagan.

Şuningdek, Gebreyesus COVID-19 vaktsinasiga «xususiy tovar emas, global neʼmat» deb qaraşga çaqirdi.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun dunyoni zabt etdi. Jami kasallanganlar soni 50 million kişidan oşib ketdi, ulardan 1,2 million nafari vafot etdi. Eng köp yuqtiriş holatlari AQŞ, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

×