Koronavirus bilan boğliq hozirgi vaziyat, bu borada allaqaçon erişilgan yutuqlarga qaramay, juda xavflidir. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus maʼlum qildi.
“Biz pandemiyani nazorat qilişda yutuqlarga erişayotgan bölsak-da, u juda xavfli bosqiçda qolmoqda”, degan u.
Unga köra, uşbu vaziyatdan çiqişning yagona yöli — barça mamlakatlarni “şaxsiy himoya vositalari, testlar, tibbiy buyumlar va vaktsinalarni adolatli tarqatişda” qöllab-quvvatlaşdir.
Gebreyesus dunyoda vaktsinalarning adolatsiz taqsimlanişini esga olgan. Unga köra, yetarli resurslarga ega bölgan mamlakatlar çeklovlarni bekor qilişi mumkin, boşqa davlatlar esa bunday qila olmaydi.
Sönggi maʼlumotlarga köra, dunyoda deyarli 185 million kişi koronavirus bilan kasallangan, ulardan tört milliondan ortiği vafot etgan.
Eslatib ötamiz, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) favqulodda holatlar dasturi direktori Maykl Rayan sönggi ikki hafta içida dunyoda koronavirus bilan kasallaniş “juda yuqori darajada” barqarorlaşganini maʼlum qilgandi.









