Özbekiston 2027 yil 1 yanvardan boşlab Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) organlariga raislik qiladi. Bu haqda bugun, 9 oktyabr kuni MDH Boş kotibi Sergey Lebedev Turkmanistonning Avaza şahrida bölib ötgan Hamdöstlik davlatlari rahbarlari kengaşi majlisida maʼlum qildi.
Lebedevning sözlariga köra, Özbekiston sönggi yillarda Hamdöstlik doirasida faol va taşabbuskor pozitsiyani egallab kelmoqda.
“Umid qilamizki, 2027 yilda heç narsa Özbekistonga raislikni qabul qilişiga va uni muvaffaqiyatli hamda natijali ötkazişiga xalaqit bermaydi”, deydi MDH Boş kotibi.
MDHga raislik qiliş mamlakatdan mamlakatga har yili, 1 yanvardan eʼtiboran rotatsiya printsipi asosida rus alifbosi tartibida ötadi. Vakolat muddati bir yildan oşmaydi.
Uzluksizlikni taʼminlaş uçun amaldagi raisning hamişa ikkita hamraisi böladi – oldingi va keyingi. Rais yil kun tartibini şakllantiradi va asosiy tadbirlarni, jumladan, Davlat rahbarlari kengaşi va Hukumat rahbarlari kengaşini öz mamlakatida qabul qiladi. Agar mamlakat öz navbatidan voz keçsa, raislik alifbo böyiça keyingi davlatga ötadi.
Özbekiston Hamdöstlikka ikkinçi marta raislik qiladi – ilk bor mamlakat MDHga 2020 yilda boşçilik qilgan va pandemiyaning murakkab şaroitiga qaramay, uşbu vazifani muvaffaqiyatli bajargan.









