Aşxobod şahrida MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi.
Şavkat Mirziyoyev Hamdöstlik doirasida köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş zarurligini qayd etdi hamda şeriklikning istiqbolli yönalişlariga alohida eʼtibor qaratdi.
Uçraşuvda 2020 yilda MDHda raislik Özbekiston Respublikasiga ötişi töğrisidagi qaror barça tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Prezident matbuot xizmatining yozişiça, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasining 2020 yilda MDHga raisligi qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz raisligi davomida taşkilot doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni kengaytiriş va samaradorligini oşirişga ustuvor eʼtibor qaratilişini taʼkidladi.
Hamdöstlikni yanada rivojlantiriş kontseptsiyasi va 2030 yilga qadar davrda iqtisodiy rivojlantiriş strategiyasini qabul qilişni jadallaştiriş taklif etildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, erkin savdo zonasi töliq işlaşini taʼminlaş, işlab çiqariş kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va uçinçi mamlakatlar bozorini özlaştiriş, agrar soha, energetika va telekommunikatsiyalar tarmoğidagi hamkorlikni kengaytiriş, ilmiy, innovatsion va taʼlim dasturlarini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Davlatimiz rahbari ön yilga möljallangan Transport va tranzit yölaklarini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini va Hududlararo hamkorlik kontseptsiyasini işlab çiqiş muhimligini taʼkidladi.

Kelgusi yili yurtimizda birinçi MDH hududlararo forumi bölib ötadi, şuningdek, MDH savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengaşi majlisini ötkaziş, uning doirasida Hamdöstlikning işbilarmonlik taşabbuslari haftaligini taşkil qiliş taklifi bildirildi.
Şuningdek, axborot xavfsizligi, madaniy-gumanitar hamkorlik böyiça ham qator tadbirlar rejalaştirilgan.
Muzokaralar yakunida hujjatlar imzolandi. 2020 yilda MDHga raislik Özbekiston Respublikasiga ötişi töğrisida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik töğrisida deklaratsiya, Sovet xalqining 1941-1945 yillar Uluğ Vatan uruşida qozonilgan Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Hamdöstlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boşqa zöravonlik körinişlariga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik dasturi va boşqa hujjatlar qabul qilindi.









